Masofaviy tibbiy kengash va maslahat xizmatlarining ahamiyati

Author: Muhammadjon Yuldashev

Affiliation: Tashkent University of Information Technologies

Abstract

Soʻnggi yillarda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan masofaviy tibbiy kengash va maslahat xizmatlari sogʻliqni saqlash tizimida muhim oʻrin egallay boshladi. Ushbu maqolada masofaviy tibbiy maslahatlarning mazmuni, ularning texnik va ijtimoiy tizimlar integratsiyasidagi roli, shuningdek, bemor-shifokor oʻrtasidagi interaktiv jarayonlar yoritilgan. Onlayn tibbiy platformalar orqali real vaqt rejimida elektron tarzda simptomlar monitoring qilinadi, maslahatlashuvlar samaradorligini oshadi, favqulodda holatlarning oldini olishga xizmat qiladi va sogʻliqni saqlash tizimiga tushadigan yuklamani kamaytiradi. Maqolada shuningdek, xorijiy tajriba – xususan, «Consilium» smartfon ilovasi asosida olib borilgan klinik kuzatuv misolida masofaviy maslahatning amaliy foydalari koʻrib chiqilgan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, masofaviy maslahatlar tibbiy xizmat sifati, bemorlarning ishonchi va shifokorlar qaror qabul qilish jarayonlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ushbu maqola zamonaviy tibbiyotda masofaviy maslahat tizimlarini yanada rivojlantirishga asos boʻlishi mumkin.

Download Full Text (PDF)