Author: Muhammadjon Yuldashev
Affiliation: Tashkent University of Information Technologies
Tibbiyot sohasi murakkab va ko‘p bosqichli bilimlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur sohada nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalar ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Aynan shuning uchun talabalar nafaqat o‘z mamlakatidagi, balki xorijiy hamkasblar bilan ham tajriba almashish orqali malakalarini oshirishi lozim. So‘nggi yillarda, ayniqsa COVID-19 pandemiyasidan so‘ng, masofaviy ta’lim shakllari va xalqaro onlayn tajriba almashinuvi ommalashdi. Biroq, bu jarayon bir qator muammolar va cheklovlar bilan yuzma-yuz kelmoqda.