Author: Muhammadjon Yuldashev
Affiliation: Tashkent University of Information Technologies
Ushbu maqolada Big Data texnologiyalarining tibbiyot sohasida qo’llanilish imkoniyatlari, katta hajmdagi tibbiy ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va tibbiy qarorlarni qo’llab-quvvatlash tizimlaridagi o’rni yoritib beriladi. Tadqiqotda Big Data asosida ishlovchi tibbiy axborot tizimlari, prognozlash modellarining samaradorligi hamda kasalliklarni erta aniqlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu texnologiyalarning amaliyotdagi afzalliklari va duch kelinadigan muammolar ham ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari Polshadagi tibbiyot muassasalarida Big Data Analytics (BDA) texnologiyalaridan foydalanadimi yoki yo’qligini aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari tahlil qilingan.