Author: Muhammadjon Yuldashev
Affiliation: Tashkent University of Information Technologies
So‘nggi yillarda tibbiyot sohasida raqamlashtirish jarayonlarining kengayishi natijasida tibbiy ma’lumotlarning hajmi keskin ortmoqda. Elektron sog‘liqni saqlash yozuvlari (EHR), diagnostik tasvirlar, IoT qurilmalardan keladigan ma’lumotlar va genetik ma’lumotlarning ko‘pligi tibbiy axborot tizimlariga katta yuklama keltirib chiqarmoqda. Ushbu maqolada katta hajmli tibbiy ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarining modellari tahlil qilinadi. Xususan, March algoritmi asosidagi modelning samaradorligi, bulutli (cloud) va taqsimlangan (distributed) tizimlardagi qo‘llanilishi hamda ma’lumotlarni tezkor tahlil qilishdagi ustunliklari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, March algoritmiga asoslangan model an’anaviy usullarga nisbatan tezlik, xotira tejamkorligi va ishonchlilik jihatidan ustunlikga ega ekanligini natijalarda aks etgan.